18.10.2023
Nondek aziz bo‘ling!
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti qizlari tomonidan har kuni dasturxonimiz ko‘rki bo‘lgan non pishirildi.
Har bir viloyat o‘zining nonlari bilan mashhur ekanligi sir emas. Bu o‘rinda Samarqand nonlari ayniqsa juda mashhur. Non qanday bo‘lishidan qat’i nazar u doim aziz bo‘lib qoladi. Yotoqxonada qizlarimiz o‘z qo‘llari bilan pishirgan non juda mazali va yoqimli chiqdi. Issiq non yeb va asal choy ichib mazza qilib dildan suhbatlashdik.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari D.Egamova
va G.Shodieva axboroti
Universitet matbuot xizmati