TIQXMMI yangiliklari

img
16.09.2023

Nodirabegim izdoshlari

Joriy yilning 15-sentabr kuni “TIQXMMI” MTU psixologi M.K.Muhammedova, GTQ fakulteti tyutorlari X.R.Saidova, D.Xursandova va 5-TTJ tarbiyachi pedagogi Sh.Islamovalar hamkorligida 1-TTJ GTQ fakulteti 1kursga qabul qilingan talaba qizlarning TTJ sharoitiga moslashish jarayonini kuzatish va ularga ichki qonun qoidalarga rioya qilish yo'l-yo'riqlarini o'rgatish maqsadida tadbir tashkil etildi.  Tadbirda odob-axloq, ibo-hayo, tozalik, orastalik, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va kiyinish madaniyati borasida suhbat uyushtirildi.

 Davra suhbatida axloq, ibo-hayo, orastalik va kiyinish madaniyatiga insoniyat jamiyatida bunchalik katta e'tibor berilishning boisi, “arzimagan narsa-ku”, deb qarash xato ekani qolaversa, insonning odobi, hayosi, orasta ko'rinishi hamda kiyinishi uning ichki-ma'naviy dunyosining sirtda aks etishi, deyish mumkinligi va qaysi insonda uyat, hayo, or-nomus kabi tushunchalar bo'lsa, o'sha inson o'z obro'sini saqlaydigan, boshqalarning nafratini qo'zitmaydigan holatda kiyinishi to'g'risida fikrlar yuritildi.

Barcha qizlarimiz odob axloq va ilmda Nodirabegim, Uvaysiy kabi; Vatanni, oliygohimizni sevishda esa To'maris kabi; Or-nomusni asrash borasida Bibixonim singari onalarimizdek bo'lishga va'da berishgan holda, tadbir nihoyasiga yetdi.  

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati