08.04.2024
Noan'anaviy yondashuv orqali ta'lim
Kuni kecha "TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari Dilafruz Madaliyeva va Muqaddas Boqiyevalar tomonidan QXM 105 - guruh talabalari uchun noan'anaviy dars tashkil etildi. Dars suggestopedia metodi asosida bo'lib, "Olimpiya shon sharaflar muzeyi"da olib borildi.
Muzey eksponatlari tarixi va hamda ularning nomlanishi ingliz tilida ko'rib chiqildi va o'rganildi. So'ng talabalar Anhor bo'ylab sayr qilib, kanal tuzilmasi va ularning ingliz tilida nomlarini o'rganishdi. Bu metod talabalarni erkin ingliz tilida fikrlay olish hamda muloqot qilishga qaratilgan va aytish mumkinki, dars muvaffaqiyatli o'tdi.
"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi D.Madaliyeva axboroti
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati