TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

Noan'anaviy dars noan'anaviy tashrif bilan

16 – Aprel sanasida "TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi Nigora Yoqubova tomonidan ATBR 116 - guruh talabalari uchun noan'anaviy dars tashkil etildi. Dars suggestopedia metodi asosida bo'lib, "Toshkent Politexnika muzeyi" NNT da olib borildi. Toshkent politexnika muzeyi  2015-yil noyabr oyida "UZAVTOSANOAT" AJ tashabbusi bilan tashkil etilgan ekan.

Dastlab birinchi qavatda umuman avtomobilsozlik tarixi va xususan O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi bilan tanishildi; ikkinchi qavat yoki Interaktiv ko'rgazma qismida  tabiiy fanlar, robototexnika sohalarini interaktiv faol tarzda o'rganish uchun qulayliklar ko'rildi.

Muzey eksponatlari tarixi va hamda ularning nomlanishi ingliz tilida ko'rib chiqildi va o'rganildi va ular haqida ma'lumotlar to'plandi. Shundan so'ng talabalar Amir Temur xiyoboni bo'ylab sayr qildilar. Bu metod talabalarni ingliz tilida erkin fikrlay olish hamda muloqot qilishga qaratilgan va aytish mumkinki, dars muvaffaqiyatli o'tdi.

"Ingliz tili" kafedrasi Yoqubova Nigora axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati