TIQXMMI yangiliklari

img
15.10.2022

Nima eksak, shuni o'ramiz

        Joriy yilning 13 oktabr kuni GM fakulteti 1-kurs 113-guruh, SXTEB fakulteti 104-108-113-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muxamedova, SXTEB fakulteti tyutori M.Vafoyeva va GM fakulteti tyutori G.Axmedjanovalar hamkorlikda “Bumerang – inson hissiyotlari” mavzuida davra suhbati o'tkazishdi. Tadbir talabalarning odob-axloqi, madaniyati, ma'naviy kamolotini yuksaltirish, bilim olishlarida va hozirgi murakkab zamonda o'z o'rnilarini topa olishlariga turtki berish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda bumerang qonuni haqida diniy, dunyoviy tomonlama va O'zbek xalq maqollaridan missollar keltirilgan holda to'liq tushunchalar berib o'tildi. Tadbir savol va javoblarga boy tarzda o'tdi. Ayniqsa GM fakulteti talabalaridan Muzaffar, Yunusjonlar; SXTEB fakulteti talabalaridan Ibratjon, Avazbek va Rajabboylar juda faol qatnashdilar. Tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati