TIQXMMI yangiliklari

img
29.05.2022

Nazariydan amaliyotga

“Qishloq xoʻjaligi energiya ta’minoti” fakulteti Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari kafedrasida “Elektr energetikasi” taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich 212-guruh talabalari 5+1 dasturi boʻyicha “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanidan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida boʻlishdi. Institut xodimlari tomonidan “Fotoelektrik stansiyalar” toʻgrisida boʻlgan gibrid shaklda tashkil etilgan, ya’ni ma’ruza va amaliy darslarini oʻtib berdilar.

Ushbu kun talabalar Oʻzbekistonning iqlimiy sharoitiga moslashtirilgan, insolyatsion passiv quyoshiy isitish tizimlarining asosiy parametrlarini optimallashtirish, takomillashtirish va ishlab chiqish, shaxsiy va birlashgan iste’molchilarning issiqlik ta’minoti uchun quyoshiy isitish qurilmalari parametrlarini issiqlik-sxematik jihatdan optimallashtirish (umumlashtirish) hamda issiqlik tashuvchisi sifatida quyosh oʻzgartgichlarida qoʻllash uchun nanosuyukliklarning issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini tadqiq etish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalari toʻg’risidagi bilimlarga ega boʻldilar.

Universitet matbuot xizmati