TIQXMMI yangiliklari

img
25.11.2021

Nazariya va amaliyot uyg’unligi yetuk kadrlar demakdir

Xabaringiz bor Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda «TEXNOPARK» MChJ o’rtasida izchil hamkorlik aloqalar o’rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada bir qancha amaliy ishlar boshlab yuborilgan xususan, joriy yil 30-oktabr kuni, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi hamda Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari hamkorlikda «TEXNOPARK» MCHJga tashrif buyurib kelgusidagi hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borishgan edi. Olib borilgan muzokaralar natijasi ularoq, 4-noyabr kuni institutda faoliyat olib borayotgan bir qator professor-o’qituvchilar, yosh olimlar hamda iqtidorli talabalar ishtirokida «TEXNOPARK» MCHJga tashrif buyurib korxonaning faoliyati o’rganildi.

Ushbu amaliy ishlarning davomi sifatida 25-noyabr kuni «TEXNOPARK» MCHJ mas’ul xodimlari institutimizga tashrif buyurib, yosh olimlar iqtidorli talabalarga o’zlarining faoliyatlari, ishga kirish talablari, bo’sh ish o’rinlari va boshqa ishtirokchilarni qiziqtirgan mavzular bo’yicha ma’lumot berishdi. Tadbir qizg’in savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Albatta bunday katta ishlab chiqarish zavodi bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish nazariya va amliyotni uyg’unlashtirish hamda kelgusida yetuk kadrlar yetishib chiqishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

TIQXMMI matbuot xizmati