TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

“Nazariya va amaliyot uyg‘unligi”

2024 yil 17 fevral kuni “TIQXMMI” MTU B-bino Turonbank o‘quv xonasida “Iqtisodiyot” fakulteti talaba yoshlari va professor-o‘qituvchilari uchun Respublika “Turonbank” ATB “Soliq hisoboti boshqarmasi” boshlig‘i Qirgizboev Salim Salohiddinovich “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari va tijorat banklarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Ma’ruzachi tomonidan Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini va bojxona tartib-tamoyillarini soddalashtirish, shuningdek soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash borasidan amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 2024 yilgi soliq siyosatiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar, 2024 yilning 1 aprelidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ida mavjud imtiyozlar bekor bo‘lishi xususida, ish haqqi ushlanmalari bo‘yicha ma’lumotlar va daromad solig‘idan soliqqa tortilmaydigan jihatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Talabalarni qiziqtirgan savollariga ma’ruzachi tomonidan atroflicha javoblar berildi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati