Nazariya va amaliyot uyg'unligi
Hozirda respublikamiz Prezidenti tomonidan professional ta’limga katta e’tibor va imkoniyatlar berilmoqda. Professional soha yo‘nalishi mutaxassislari, ya’ni bo‘lajak o‘qituvchilarning faoliyati hamda ularda kasbiy mahoratni shakllantirishning metodik usullari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlikda olib borish, kasbiy mahoratning shakllanib borishida didaktik shart-sharoitlardan foydalanish ta’lim jarayonining muhim omili sanaladi.
Talabalar o‘z faoliyatlarida nazariy bilimlarini ijodiy, ya’ni yangi avval notanish vaziyatda qo‘llab, yangiliklarni bilishda tashabbus ko‘rsatishlariga erishish professional ta’limning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Talabalarda kasbiy mahoratning shakllanishida omil bo‘lib xizmat qiladigan intellektual, fanning mazmun-mohiyati, hissiy va irodaviy komponentlarini rivojlantirish, shuningdek, talabalarda mehnat samaradorligi, ish sifati va kasbiy-malaka harakatchanligini yanada rivojlantirishda “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor – o‘qituvchilarining hissasi kattadir.
Zamonaviy professional ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Aynan shu maqsadda kafedraning dotsenti Durdona Mustafoeva tomonidan o‘tilayotgan nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi talabalarning bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirish, kreativ tafakkurini boyitish hamda ularning faoliyatga ijodiy yondashuvini takomillashtirishga qaratilgan. Amaliy dars mashg‘ulotlarda talabalar bilan birga turli ijodiy pedagogik o‘yinlar olib borish yaxshi samara berib, talabalarning o‘zlari mashg‘ulotlarni olib borishlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari ham rivojlantirib borilmoqda.
“PT va JM” kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati