TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2022

Nazariya va amaliyot birligi

Oliy talim tizimini rivojlantirish boʻyicha Prezidentimiz tomonidanOʻzbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladilar. Unga quyidagilar nazarda tutiladi:

Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy talimning ilgʻor standartlarini joriy etish, jumladan, oʻquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan talimdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan talim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish.

Universitetimizda ham ta’lim sifatini oshirish boʻyicha jadal ishlar olib borilmoqda. Shunga muvofiq “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasining “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yoʻnalishi 3-bosqich 306-307 - guruh talabalari hamda assistent o’qituvchilar A.J.Kurbonov va F.I.Kushnazarov hamrohligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Zilzilani simulyatsiya qilish boʻlimida amaliyot darslarini olib borishdi.

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va mas’ul xodim tomonidan yetarlicha javoblarini olishdi va amaliy jarayonda 3D formatda amaliy mashg’ulot jarayonlarida ishtrok etishdi. Talabalar uchun dars judayam qiziq va koʻtarinki ruhda oʻtdi.

XFX kafedrasi assistenti oʼqituvchisi: А. J. Kurbonov axboroti

Universitet matbuot xizmati