Nazariya amaliyot bilan quvvatlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, hamda Universitet rektorining talabalarni 5+1 (besh kun universitetda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, Universitetimizning “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi oʻqituvchisi A.Nigʻmatov boshchiligida 2-bosqich talabalari Chilonzor tumanidagi "Ko’tarma nasos stansiyalari" ga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar chuqur bilim ko'nikmalari bo'yicha ma'lumotlar almashdilar. Bizning talabalar o'qish davomida olgan bilmilarini amaliyotda qanday qo'llash nazariya amaliyotda qanday aks etishini bevosita o'z ko'zlari bilan ko'rib keldilar hamda qiziqarli tarzda savol - javob bo'lib talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.
Universitet matbuot xizmati