Nazariy ma'lumotdan amaliy mashg‘ulotga
“Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 307-guruh talabalari kafedra dotsenti Abduqodirova Malohat boshchiligida «O’zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar suv ta’minoti MCHJ Sergeli tumani suv tarmoqlaridan foydalanish bo’limida “Ichimlik suv ta’minoti tizimlari ekspluatatsiyasi” fanidan o‘z amaliy mashg‘ulotlarini o‘tqazdi.
Mazkur mashg’ulotda Sergeli tumani suv tarmoqlaridan foydalanish bo’limining bosh mutaxassisi Qudratov Jaxongir ishtirok etdi. Bosh mutaxassis quvurlarning ishlash davri davomiyligi, ularning mustahkamligi, ekspluatatsiya davri davomidagi samaradorligi asosan quvurlarning korroziyadan saqlanishi darajasi, tarmoqni ekspluatatsiyaga qabul qilish bo‘yicha maxsus ishchi hay'at tuzilib u olib borilgan ishlar va uning natijalari haqida talabalarga ma'lumotlar berdi.
Universitet matbuot xizmati