TIQXMMI yangiliklari

img
14.12.2021

Navbatdagi seminar-trening

2021 yil 13-dekabr kuni soat 15-00da “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti professor - o’qituvchilari, doktorant, magistrantlari hamda talabalar ishtirokida 2021-yil 25-sentyabrdagi 50-sonli Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha shartnomaga asosan, “Yer islohotlarining huquqiy asoslari va ularning yer munosabatlarini takomillashtirishdagi roli va vazifalari” mavzusidagi  seminar trening bo’lib o’tdi. Tadbirda 3-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.Sh.Rajabov yig’ilganlarga “Yer islohotlarining huquqiy asoslari” xususida qiziqarli ma’lumotlar berdi hamda berilgan savollarga to’liq javob berdi.

 

TIQXMMI  MTU Matbuot xizmati