Navbatdagi amaliyot
1-fevral kuni “TIQXMMI” MTU "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori D. Axrarova SXM yo’nalishining 201 va 202-guru talabalari amaliyot rahbarlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti” ga mutaxassislik bo‘yicha yangi bilim-malaka olish uchun bordi. Mashg‘ulot jarayonida tajriba uchastkasida “Qora suv” kanalininig tuzilishi, tomchilatib sug‘orish tizimining suvni tozalash inshooti-filtrlash qurilmasi bilan yaqindan tanishishdi. Tomchilatib sug‘orish tizimida suvni tozalash inshootlarni konstruksiyalari, ishlash rejimi va avtomatlashtirish tizimi bilan batafsil yaqindan tanishtirildi. Amaliyot qiziqarli taassurotlar va savol-javoblarga boy bo‘ldi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Axrarova Dilbarxon axboroti
Universitet matbuot xizmati