«Nafosat» ko’rik - tanlovi
2024 yil 4 - aprelda “Yer resurslari va kadastr” fakultetida milliy liboslarni ommalashtirish bo’yicha “Nafosat” ko’rik - tanlovi bo’lib o’tdi.
Mazkur tanlovlarni o’tkazishdan maqsad xotin - qizlarimizni har jihatdan qo’llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon etishga qaratilgan.
Tanlovning maqsadi xotin-qizlarning kiyinish uslubini yanada takomillashtirish, ular o’rtasida milliy va zamonaviylik uyg’unligidagi, madaniyatimiz hamda mentalitetimizga mos liboslarni keng targ’ib qilishdir. Shuningdek, ushbu tadbir orqali xotin-qizlarning kiyinish madaniyatiga yangi uslub va tamoyillarni joriy qilish ham ko’zda tutilgan.
Tanlovda milliy va zamonaviy qadriyatlar uyg’unligida liboslar loyihalari va to’plamlarini yaratayotgan 13 nafar talaba qizlarimiz ishtirok etdilar. Qizlarimiz viloyatlar kesimida o’z mahoratlarini, “Viloyatlarning urf – odatlari va ularning kiyinish madaniyati hamda raqslarini namoyish etdilar.
“Nafosat” ko’rik-tanlovida qatnashgan va tashkil etishga yordam bergan Universitetitmiz rektori maslahatchisi va fakultetimizning barcha professor –o’qituvchilariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
"YRK" fakulteti Yoshlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Х.Eshova va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati