my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish zarurati
Bugun, 14-fevral kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan TIQXMMI MTU oliy ta'lim muassasasi Iqtisodiyot fakulteti talabalari va professor o'qituvchilari uchun my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish afzalliklariga doir trening tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani U. Alimov ochib berdi. Tadbir davomida talabalarga “Raqamli hukumat” sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda my.gov.uz da yoshlar, o'qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning afzalliklari, mavjud xizmatlardan foydalanish tartibi to'g'risida maʼlumotlar berildi.
Videorolik namoyish etildi, yig'ilganlar e'tiboriga taqdimot havola etildi. Talabalarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish davomida yuzaga kelgan muammolari bo‘yicha savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob berildi. Shuningdek, yoshlarning IT bilimlarini oshirish borasida hamkorlik qilish taklifi bildirildi. Kelgusida markaz bilan Raqamli iqtisodiyot va IT loyihalarini boshqarish fanlaridan ekskursiya, amaliy darslar tashkil etilishi belgilab olindi. Elektron xizmatlardan foydalanish bo'yicha savollaringiz bo'lsa 1242 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Iqtisodiyot fakulteti yoshlar yetakchisi Avaz Rajabov ma'lumoti