TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

Muzeylar o‘tmishdan darak

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110 - guruh talabalari bilan Mirzo Ulug‘bek tumani, Tamaraxonim ko‘chasi , 1/41 – uyda joylashgan TAMARAXONIM uy-muzeyiga sayohat qildik. 1994 yildan doimiy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Tamaraxonim liboslari ko‘rgazmasi asosida tashkil qilingan. Mazkur uy – muzeyda Tamaraxonim hayotining so‘nggi yillari yashabo‘tgan xonalar intererlari saqlab qolingan. SHuningdek uning ko‘plab sahna liboslari, betakror suratlar to‘plami, va shoiraning ko‘plab chop etilgan she’rlari hamda memuarlari mavjud. Muzey to‘plamiga shu bilan bir qatorda tasviriy san’at namunalari, liboslari va ro‘zg‘or buyumlari ham kiritilgan. Muzeyning ko‘rgazmalar zalida Tamaraxonimning sahna liboslari, o‘zbek milliy liboslari namoyishlari o‘tkazib kelinar ekan.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati