Muzeylar ma'lumot manbai
Kuni-kecha universitetimizning "Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" fakulteti“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining 102-guruh talabalari tyutor Abdullayev.B boshchiligida madaniy hordiq olish, ajdodlar merosini o'rganish maqsadida "Sergey Borodin uy - muzeyiga" tashrif buyurishdi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, muzeyning memorial qismida yozuvchining hayot chog'idagi uy jihozlari saqlanib qolgan. 10 mingdan ziyod kitoblar bilan boyitilgan kutubxona, rassom do'stlari tomonidan taqdim etilgan devorlarda osilgan kartinalar mehmonxonaga zavq bagʻishlab turganini payqash mumkin.
Adibning ijod xonasida esa qog'ozga tushurilgan ijod na'munalari va oilaviy tushgan fotosuratlar ham joy olgan. Vaqtlarini qiziqarli va mazmunli oʻtkazgan talabalarda iliq taassurotlar qoldi. U yerdagi eksponatlar, madaniy meroslar talabalarga olamshumul zavq baxsh etdi. Kunning samarali oʻtgani talabalar nigohida aks etmoqda.
QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi To'lqin Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati