TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

Muzeyga  tashrif

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti  tyutori G. Shodiyeva hamda ularga biriktirilgan  talabalari  o'qishdan bo'sh vaqtlarida   O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyi Toshkentda joylashgan bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyodagi eng qadimiylaridan biridir. U 1876- yilda ochilgan bo‘lib, shundan beri muzey hayvonot va o‘simliklar dunyosi vakillaridan, shu jumladan, O‘zbekiston hududida yashab o‘tgan qadimgi odamlarga tegishli eksponatlar bilan to‘ldirildi. Ayni paytda muzey fondida 400 mingdan ortiq zoologik va geologik materiallar mavjud.

                                                                                                                                                                                                "Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati