TIQXMMI yangiliklari

img
14.10.2022

Muzeyga sayohat - moziyga sayohatdir

Vatanimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng tariximiz bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xotiralar qaytarildi. Jumladan, ulug` bobokalonlarimizdan biri, buyuk siyosatchi, sarkarda, buyuk davlat qurgan adolatli hukumdor Sohibqiron Amir Temurdir. Sohibqiron Amir Temurning Buyuk davlatni qurishdagi siyosati, Amir Temur va Temuriyzodalar qurdirgan bir - biridan ko‘rkam imoratlar, Temuriylar shajarasini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida “Gidromelioratsiya ishlarini mehanizatsiyalash” fakulteti, “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yo‘nalishi 104-guruh talabalari TEMURURIYLAR TARIXI DAVLAT  muzeyiga sayohat uyushtirishdi. Sayohat davomida talabalar, o‘sha davrning noyob topilmalaridan  sopol idishlar, mis va kumush tangalar, zargarlik anjomlari, misdan yasalgan buyumlar, jangchi sovutlari, Temuriyzodalar haqida bir qancha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va sayohatdan yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari  O.Ro‘zibaev axboroti

Universitet matbuot xizmati