TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2022

Muzeyga sayohat

Bugun "QSXET" fakuleti tyutori G.Axmedjanova oʻziga biriktirilgan 1 - bosqichda tahsil olayotgan guruh talabalari bilan birgalikda "Oʻzbekiston davlat tarixi muzeyi"ga tashrif buyurishdi .

Ular Oʻzbekiston tarixidagi eng muhim ma'lumotlar va tariximizda oʻchmas iz qoldirgan buyuk shaxslar  haqidagi  kerakli maʼlumotlarni oldilar.

Ushbu tashriflardan koʻzlangan asosiy maqsad talaba yoshlarning Vatanga boʻlgan mehrli munosabatini yanada kuchaytirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishdan iborat.

Hurmatli yoshlar shuni unutmangki " Tarixni bilmasdan turib - kelajakni koʻrib boʻlmaydi " .

Oʻz kelajagingizni oʻzingiz tanlang

 

     QSXET fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti

  Universitet matbuot xizmati