TIQXMMI yangiliklari

img
13.01.2024

Muzey zallari bo'ylab

Joriy yilning 12 yanvar kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakultetining 1-kurs  faol talabalari O‘zbekiston Respublikasi  “Qurolli kuchlar  Davlat muzeyi” ga tashrif  buyurishdi. Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’ati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi. Shuningdek, muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida «Temuriylar davri harbiy san’ati» ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari o‘rin olgan.

O‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ham mavjud. «Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash» ekspozitsiyasida qo‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida ma’lumotlar olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng davlatimiz hududida harbiy sa’nat tarixining, turli tarixiy davrlarida yuz bergan harbiy voqealarning, shu jumladan davlatchilikning yuzaga kelishida, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanishi va rivojlanishida o‘zining bebaho hissasini qo‘shgan buyuk sarkardalar va qahramonlar haqida   tasavvurga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Muzey faoliyati yoshlarni vatanparvarlik tarbiyasini boyitish va yanada yuqori saviyaga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Talabalar yaxshi taassurotlar bilan qaytishdi.

GTQ fakulteti tyutori    D.S.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati