Muzey uzra sayohat
Kuni kecha GM fakultetining 102 - guruh talabalari bilan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi. Muzeyni aylanar ekanmiz, Mustaqil O’zbekistonimizning chegaralari naqadar kuchli ekanligini hyech qanday dushman uni buzib o’tolmasligini ko’rib Vatan himoyachilarimizning mard va jasurligiga tahsinlar aytdik.
Ularning: «Men O’zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bo’lishga Vatanimning Mustaqilligini uning sarhadlarini , Ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini, milliy manfaatlarini so’nggi nafasimgacha himoya qilishga qasamyod qilaman» deganini eshitib ular bilan faxrlandik.
Doim yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin. Mustaqil O’zbekistonimizga ko’z tegmasin deb duolar qildik.
GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati