Muzey – tarix ko'zgusi, tarbiya maskani
Barchamizga ma'lumki, muzeylarda saqlanayotgan noyob eksponatlar orqali insonlar ayniqsa, yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g’urur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash va kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Joriy yilning 28 - sentyabr kuni Yoshlarni o’z tarixiga hurmat ruhida tarbiyalash, hamda ularda ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni asrab-avaylash tuyg’ularini shakllantirish maqsadida "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Kodirova SXTEB fakulteti 103- guruh talabalari bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Vatanimiz iftixori buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temurning hayoti va yurishlari, markazlashgan davlat uchun olib borgan sa’yi harakatlari bilan talaba yoshlar yaqindan tanishdilar, buyuk sarkarda siymosida yoshlar qalbida Vatanga bo‘lgan buyuk muhabbat jo'sh urdi. Talaba yoshlarimiz qalblarida cheksiz g'urur, iftixor, faxr hissini uyg'otdi.
"SXTEB" fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi R.Qodirova axboroti
Universitet matbuot xizmati