TIQXMMI yangiliklari

img
09.04.2022

Muzey – moziy muhri

2022 - yilning 9 - aprel kuni buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan «Gidromelioratsiya» fakulteti tyutori D.Egamova o‘ziga biriktirilgan GM 209-guruh talabalari bilan poytaxt markazida joylashgan Amir Temur xiyoboni va muzeyiga sayohat tashkil etdi.

Muzeyga tashrif davomida talabalar buyuk va shonli tariximizda Amir Temur tomonidan bosib o‘tilgan yo‘l, uning buyuk davlatchilik barpo etishdagi mardonavor harakatlari, mamlakatni ravnaqiga qo‘shgan hissasi, o‘z fuqarolarning turmush darajasini ko‘tarish yo‘lida amalga oshirgan ishlari borasida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Sayohat so‘nggida talabalar sohibqiron haykaliga ta’zim bajo keltirdi.

Universitet matbuot xizmati