Muzey bo‘ylab
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 101-guruh talabalari bilan Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasi, Tolstoy berk ko‘chasi 20- uyda joylashgan Sergey Esenin muzeyiga sayohat uyushtirdik. Muzey zallarida Sergey Eseninning dastxatlari, uning juda kamyob asarlari, betakror suratlari, shoirning ovozi yozib olingan gramplastinkalar mavjud.
Shuningdek, muzeyga muhandis – energetik V.Yuferev tomonidan taqdim etilgan yigirmanchi yillar kamyob asarlari ham barchada katta qiziqish uyg‘otadi. Uzoq yillar Toshkentda yashagan shoir Aleksandr Shiryavsev fondi materiallari asosida “Esenin va biz” ekspozitsiyasi tashkil qilingan. Uning Erkin Vohidov va boshqa ijodkorlar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan, shuningdek o‘zga tildagi kitoblari mavjudligi shoirning ijodiy biografiyasiga bo‘lgan qiziqishdan darak beradi. Talaba- yoshlar ushbu sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati