TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2023

Muxlislar qalbi sari yo'l

Joriy yilning 1 aprel kuni “TIQXMMI” MTU Xor jamoasi a'zolari bilan Chet el fuqarolarini o'qitish bo'limi katta o'qituvchisi M.A.Gubayeva ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir jamoa a'zolarida xalq qo'shiqlari, terma laparlari va klassik ashulalariga muhabbat uyg'otish va shu orqali Vatanga, oilaga, oliygohga mehr muhabbatni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. M.A.Gubayeva jamoa a'zolariga Xalq ashulalariga butun dunyo vakillari qiziqish bilan qarashlari va o'rganishga intilishlari to'g'risida to'lqinlanib so'zladi va jamoa a'zolarining chet el fuqarolari bilan do'st bo'lish taklifini berdi.

Agar o'rtada do'stlik aloqalari o'rnatilsa jamoa a'zolari chet tillarini o'zlashtirishlari osonlashadi, chet el fuqarolari ham o'z o'rnida til o'rganish bilan birgalikda O'zbek xalq qo'shiqlarini o'rganishadi va yanada O'zbek millatining shuhratini jahonga yoyilishiga hissa qo'shishilari, fikr almashish orqali yangi g'oyalar tug'ilishi va bu orqali ma'naviy, madaniy yuksalish hosil bo'lishi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Chet el fuqarolarini o'qitish bo'limi katta o'qituvchisi M.A.Gubayeva jamoa ijrosidagi xalq terma laparlaridan tuzilgan qo'shiqlarni eshitib xalqaro bo'limda tashkil etiladigan Navro'z bayramiga taklif etdi. Jamoa a'zolari 5 aprel kuni xalqaro bo'limdagi chet el fuqarolari qalblarini o'z ijrolari bilan zabt etish uchun xormay tolmay tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishdi.    

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati