Muvaffaqiyat kaliti – o'z qo'limizda
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 101-guruh talaba yoshlari bilan, 108- auditoriyada universitet psixologi M.K. Muhammedova va “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamovalar hamkorlikda “Muvaffaqiyatli vaziyatni yaratish algoritmi”mavzuida seminar trening tashkillashtirishdi.
Trening talaba yoshlarning o'quv motivlari, shaxsiy yo'nalganligi, qadriyatlar tizimini o'rganish maqsadida o'tkazildi.
Tadbir “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamovaning tashabbusiga binoan tashkil etildi. Seminarda talabalarning o'qishga bo'lgan munosabatlarini aniqlashga qaratilgan assotsiativ testlar, qiziqarli kayfiyatni ko'taruvchi treninglar, miya yarim sharlari faolligini oshiruvchi texnikalardan foydalanildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi. Ayniqsa Boburjon, Kamoliddin, Mehrojiddin, Sevara va Rahmonalilar yorqin faolliklari bilan ishtirokchilar e'tiborini jalb qila olishdi. Kelgusida barcha talabalarimizdan o'z kasbining ustasi bo'la oladigan yetuk kadrlar bo'lishlariga ishonamiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova va “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamovalar axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati