Muvaffaqiyat kaliti kimda
Joriy yilning 10 - dekabr kuni YeRB fakulteti 2-kurs 212-guruh talaba yoshlari bilan institut psixologi M. K. Muxamedova “Muvaffaqiyatli vaziyatni yaratish algoritmi” mavzuida seminar trening o'tkazdi. Trening talaba yoshlarning o'quv motivlari, shaxsiy yo'nalganligi, qadriyatlar tizimini o'rganish maqsadida o'tkazildi.Trening YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova va YeRB fakulteti tyutori D. Xursandovalarning tashabbusiga binoan tashkil etildi.
Tadbirda talabalarning o'qishga bo'lgan munosabatlarini aniqlashga qaratilgan assotsiativ testlardan foydalanildi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishdi. Ayniqsa, Sherali, Abduvahob va Maftunalar faol qatnashibgina qolmay, keyingi tadbirlarda trenerlik qilish tashabbusini bildirishgan holda tadbir yakunlandi.
TIQXMMI matbuot xizmati