Mutaxassislik fanlari bo‘yicha kitobxonlik tanlovi
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2022 - yil 19 - aprel kuni Prezidentning 5 ta muhim tashabbusida kitobxonlikni targ‘ib qilish rektorat a’zolari yig‘ilishining 32-son bayonnomasini 11-bandiga topshirig‘iga asosan 2022 - yil 19 - aprel kuni “Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasida 5313200-“Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 213,214 va 215 - guruh talabalari o‘rtasida Mutaxassislik fanlari bo‘yicha zakovat ko‘rinishida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov asosida “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan bo‘lib o‘tdi. Tadbirda EvaM kafedra mudiri R.Baratov, kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashdilar. Talabalar bilim darajasini yanada yangilab olishdi va qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar uchun estalik sovg‘alari tag‘dim etildi. O‘ylaymizki, bunday kitobxonlik tanlovlarni muntazam o‘tkazish kerak.
Universitet matbuot xizmati