Mutaxassislik fanlari boʼyicha kitobxonlik tanlovi
16 - aprel kuni “Qishloq va suv xoʼjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasida 5311000 “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” taʼlim yoʼnalishi 3-kurs 304, 305-guruh talabalari oʼrtasida Mutaxassislik fanlari boʼyicha kitobxonlik tanlovi oʼtkazildi.
Tanlov asosan “Boshqaruv tizimlari va kompyuterli boshqaruv” fanidan boʼlib oʼtdi. Tadbir TJICHAB kafedra mudiri R. Gazieva, kafedra o’qituvchisi E. Bozorov bilan o’tkazildi.
Tanlovda 305-guruh talabasi A. Yo’ldoshev eng faol deb topilib “ MASTER SCADA” sovg’a qilindi.
Talabalar bilim koʼnikmalarni yanada yangilab olishdi va qiziqarli tarzda boʼlib oʼtdi. Oʼylaymizki, bunday kitobxonlik tanlovlarni muntazam oʼtkazish kerak.
TJICHAB kafedrasi dotsenti E. Bozorov axboroti
Universitet matbuot xizmati