Mustaqil ta’lim – kashf etilmagan qobilyatlar!
Kredit modul tizimida to‘g‘ri yo‘naltirilgan Mustaqil ta’lim talabalar kreativ ijodiy fikrlash qobilyatlarini namoyon etish imkonini beradi. Bu borada “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rasulova Nigora Yusupovna tomonidan Turizm yo‘nalishi talabalariga “Turizm iqtisodi va geografiyasi” fanidan to‘g‘ri yo‘naltirilgan holda olib borilayotgan nazariya va amaliyot uyg‘unligi mustaqil ta’lim topshiriqlari o‘z samarasini bermoqda.
Jumladan, turizm ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 204-guruh talabasi Inoyatulloyeva Asaloy Inoyatullo qizi tomonidan “Turizm iqtisodi va geografiyasi” fanidan videorolik ko‘rinishida tayyorlangan mustaqil ta’lim ishlanmasida talabamiz tomonidan tug‘ilib o‘sgan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan turizm madaniy meros ob’ektlari hisoblangan 13-14 asrlarga oid “Havo Muslim” tepaligi tarixiy madaniy me’ros ob’ekti to‘g‘risida kreativ yondashuv asosida tarixiy me’ros ob’ektini tarixiy manbalar asosida ziyoratgohning O‘rta asrlarda tutgan o‘rni va ahamiyati xususida ajoyib tarzda videorolikda yoritib bergan. Bunday ko‘rinishdagi mustaqil ta’lim ishlanmalari talaba yoshlarimizda nafaqat turizm iqtisodi va geografiyasi fanidan olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llab ko‘rish, balki Ona Vatanga bo‘lgan mehrni yanada boyitishda xizmat qiladi.
“Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi Rasulova Nigora Yusupovna ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati