Mustaqil tadqiqotchilikdan ximoya sari
Joriy yilning 18 oktyabda “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishida “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti v.b. Go’zal Eshchanovaning 13.00.02-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “ Talabalarda xorijiy tillar bo’yicha linguistic kompetentlikni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish (texnika yonalishlari misolida)” mavzusidagi tadqiqot ishining muxokamasi bo’lib o’tdi.
Mustaqil tadqiqotchi G.Eshchanovaning “mavzusidagi taqdimoti tinglanib, muxokamaga qo’yildi. Eslatib o’tamiz, tadqiqotchining ilmiy rahbari pedagogika fanlari doktori prof. Ismailova Zuxra Karabayevna, taqrizchilar: p.f.n. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, “Tillar” kafedrasi dotsenti Qalandarova Sofiya Toxirovna, dotsent Fayzullayev Rustam Xamroyevichlar. Yig’ilishni p.f.n. dotsent Mustafoyeva Durdona Asilovna olib bordi. Yig’ilish kotibi sifatida dotsent v.b. Feruza Sodiqova ishni olib bordi. Kafedrada o’tkazilgan seminarda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, pedagogika fanlari doktori, D.Sc Choriyev Ro’zimurat Kungratovich , pedagogika fanlari doktori prof. Ismailova Zuxra Karabayevna va “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedra professor-o’qituvchilari to’liq va “Ingliz tili” kafedrasi o’qituvchilari bilan bir qatorda taklif qilingan bir qator olimlar, yosh tayanch doktorantklar, Surxondaryo viloyati kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig’I R. Salomova, Qarshi agrotexnologiyalar institute dotsent v.b. B. Muqimov, “O’zbek tili” kafedrasi o’qituvchisi R.Qodirova va professor-o’qituvchilar qatnashdilar.
Barchamizga ma’lumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlariga ko’ra, jumladan, 27.02.2020 yildagi “Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4623-sonli va 19.05.2021 yildagi O ʼzbekiston Respublikаsidа xorijiy tillаrni oʼrgаnishni ommаlаshtirish fаoliyatini sifаt jihаtidаn yangi bosqichgа olib chiqish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа PQ-5117-sonli qarorlariga muvofiq Talabalarda xorijiy tillar bo’yicha linguistic kompetentlikni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish” Oliy Ta’lim Muassasalarida xorijiy til o’rganayotgan talabalbalarni o’qitishda pedagogik ta’lim texnologiylarini samarali qo’llash orqali ta’lim oluvchilarni xorijiy tillаrni oʼrgаnishni yanada ommаlаshtirish fаoliyatini sifаtini ko’tarish, bitiruvchilarning xalqaro sertifikatga ega bo’lishlari orqali ularni mexnat bozorida raqqotbardosh kadrlar qilib tarbiyalashga erishish bo’yicha bir qator isloxotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Tadqiqotning yangiligi, maqsad va vazifallari xozirgi davr extiyojlarini inobatga olgan xolda yoritilganligi ta’kidlandi. Kafedra yigi’lishida pedagogika bo’yicha falsafa doktori PhD dissertatsiya ishi muxokamasidan so’ng bir ovozdan yig’ilish qarori qabl qilindi. Bir ovozdan Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasining mustaqil tadqiqotchisi “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti v.b. Go’zal Eshchanovaning 13.00.02-Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Talabalarda xorijiy tillar bo’yicha linguistic kompetentlikni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish( texnika yo’nalishlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiay ishini keying bosqichga o’tkazilsin. Bu qarorni barcha kafedraning kengaytirligan yig’ilishida qatnashayotganlar qo’llab quvvatladilar va Go’zal Eshchanovaga omad tilab qoldilar.
Universitet Matbuot Markazi