TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2022

Mustahkam hamkorlik

Universitetimizning “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.Xudayev va L.Babajanovlar Toshkent viloyati Nurafshon shahri hududida joylashgan 9, 10-maktablarga tashrifi 2022 - yil 19 - aprel kuni amalga oshirildi.

 Tashrif chog‘ida dastlab maktab direktori va maktab pedagogik jamoasi bilan bugungi kunda maktabda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazilib, maktab salohiyati bilan tanishib chiqildi. Faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning aksariyati ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali pedagoglar bo‘lib, asosan oliy, birinchi toifa, ikkinchi toifa hamda mutaxassis o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shundan so‘ng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 - yilning aprel va may oylarida hal etiladigan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqqan holda hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Professor-o‘qituvchilarimiz maktab o‘quvchilari bilan ham dildan suhbat qurdilar.

                       Universitet matbuot xizmati