Musobaqadan oldingi jarayonlar
"TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 - kurs talabalarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda “5 muhim tashabbus”ning 2-tashabbusi doirasida, sog’lom turmush tarzi, yoshlarni jismoniy sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, universitetning sport maydonchasida joriy yilning 22-aprel sanasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga muvofiq talabalar «Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ni aniqlash uchun ro’yxatdan o‘tish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar. "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar my.sport.uz orqali amalga oshirilmoqda. Bugungi o‘tkazilgan tadbir 100 va 2000 metrga yugurishdan iborat bo’ldi.
Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, 5 muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari, hamda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari G. Axmedjanova, A.Shonazarovlar axboroti
Universitet matbuot xizmati