TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2022

Musobaqa - mukammallik, mustaqillik va mahorat manbai

Ahli donishlardan birining shunday hikmatini o’qigandim: "Pulingni yo’qotsang hyech narsangni yo’qotmabsan, vaqtingni yo’qotsang ma’lum bir narsalaringni yo’qotibsan, ammo tetikligingni yo’qotsang hamma narsangni yo’qotibsan."

Inson tetik bo’lishi uchun quvnoq va zukko bo’lishi, aqliy va jismoniy musobaqalarga xayrixoh va e’tiborli bo’lishi maqsadga muvofiq. "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasi imkoniyat, qobiliyat va iste’dodlarni saralash jarayonidir. Kuni kecha universitetimizning Madaniyat saroyida fakultetlararo QVZning qiziqarli musobaqasi tashkil etildi. Ko’rik-tanlov odatdagidek, uchta shart - salomlashuv-tanishtiruv, Biatlon va musiqiy chiqish bo’yicha o’tkazildi. Qizg’in va qiziqarli tarzda kechgan musobaqada YeRB fakultetining "Tavakkal", QSXET fakultetining "Yengil", GTQ fakultetining "Onlayn", GIMning "Original", QXMning "Sarmoyachi", GMning "Noiloj" jamoalari ishtirok etishdi.

Natijaga ko’ra, birinchi o’rinni "Onlayn", ikkinchi o’rinni "Yengil", uchinchi o’rinni "Tavakkal" jamoalari egallashdi.

     Musobaqa nihoyasida prorektor Ruzimurat Choriyev faol talaba va jamoalarni qutladi. Xuddi shu shijoat va g’ayratni qo’ldan bermaslikka chaqirdi. G’oliblarga sovg’a va sovrinlar ulashildi. Tomoshabop musobaqa barchaga zavqu shavq baxsh etdi.

                    

           Rahimboy Jumaniyozov

               Universitet matbuot kotibi