Musiqa – insoniyatning universal tilidir
Joriy yilning 22 fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va H.K.Muhammedovlar "D" korpus 101 xonada, “Iqtisod”, “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidromelioratsiya” fakultetlari 1-2-kurs talaba yoshlari bilan “Musiqa terapiya orqali pozitiv kayfiyat yaratamiz!!!” shiori ostida tadbir tashkil etdilar. Tadbir yosh avlod qalbida musiqaga bo'lgan qiziqishlarni kuchaytirib; Vatanga, oilaga, oliygohga: sadoqat, mehr – muhabbat, faxrlanish tuyg'ularini yuksaltirish ; sessiya vaqtida yuzaga keladigan emotsional zo'riqishlar, tushkun kayfiyat, qo'rquv, agressiyani yengish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda klassik musiqa orqali trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Qolaversa talabalarning qiziqish va takliflariga ko'ra har xil janrdagi va har xil tildagi qo'shiqlar jonli tarzda gitara sozi orqali ijro etildi. Bu usuldagi o'tkazilgan mashg'ulot barcha ishtirokchilarga birday manzur bo'ldi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati