TIQXMMI yangiliklari

img
05.03.2024

Musiqa-inson axloqini tarbiyalovchi vosita

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari kadastri", "Gidrotexnika qurilishi" hamda "Iqtisod" fakultetlari 1-3-kurs talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova "Musiqa-inson axloqini tarbiyalovchi vosita" mavzusida tadbir o‘tkazdi. Tadbir Do‘rmon musiqa maktabi studiyasida S.Saydazov bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir talabalarga musiqa orqali Vatanga, Oilaga va Oliygohimizga nisbatan muhabbat hissini kuchaytirish, vokal san'ati orqali kayfiyatni pozitiv notaga sozlash malakasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Musiqaga mehr inson qalbida ilk bor onalarimiz aytgan alla orqali uyg'onadi. 

Atoqli alloma Abu Nasr Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan.

Demak, yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bo'lsak, musiqa insonni ruhan yuksalishiga, axloqiga va salomatligiga kuchli ta'sir qiluvchi vosita ekan. Biz ham barcha oliygohimiz talabalari qalbida musiqaga mehr uyg'otib, ularning ma'naviy yuksalishiga hissa qo'shishni o'z burchimiz deb hisoblaymiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati