Mushohada va muhokama zavqi
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 102-guruh talabalari bilan Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” tarixiy romani bugungi axborot soatida muhokama qilindi. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida so‘z yuritiladi. “Yulduzli tunlar”da “Boburnoma” hamda “ Humoyunnoma” asarlari asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. “Yulduzli tunlar” zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi.
Albatta bunday bahs-munozarali suhbatlar, talaba-yoshlarni qalbida odamiylik, bag‘rikenglik, kechirimlilik kabi tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bunday mashg‘ulotlar yoshlarda yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash, yurt tuprog‘ini , vatanni Boburdek sevishga, uning sog‘inchini Boburdek his qilishga undaydi.
Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz,
Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx budurur, Tengri uchun,
Bir-birni necha kun g‘animat tutung‘iz.
Zahiriddin Muhammad BOBUR
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati