TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

Mushohada mutolaa farzandi

28- aprel kuni "Notiqlik san'ati" kursining navbatdagi yana bir  offlayn darsi a'lo darajada va ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Bu dars ham talabalar tomonidan o'zgacha qiziqish bilan qarshi olindi. Ustozimiz tomonidan talabalarga ulug’ shoir Abdulla Oripovning she'riy to'plamning to'rtliklari ifodali o'qildi va talabalarga uni mahorat bilan izohlab berish topshirildi.

Bu orqali ular o'zgacha uslubda  tezkor fikrlashni o'rganishdi. So'ng qatnashchilar orasidan 2 nafari o'zbek xalq maqollarni pantomima orqali ko'rsatib berilishi va qolgan qatnashchilar maqollarni topishi, izoh berishi topshiriq qilib berildi.

Ustozimiz har bir talaba bilan individual tarzda ishlashga  harakat qildilar. Dars talabalar o'rtasida marafon tarzida bo'lib o'tdi. Qatnashchilar faollikni qo'ldan bermagan holda o'z bilimlarini namoyish etib bellashdilar. Dars so'ngida faol qatnashchilar ustoz tomonidan maxsus kartochkalar bilan taqdirlandilar. Qatnashchilarning kursga qiziqishi ortib borishi  bois o'z do'stlarini ham kursga taklif etishmoqda va kundan - kunga qatnashchilar soni ortib bormoqda. Bu dars ham muhokama, savol - javoblarga boy va talabalar uchun kerakli bo'lgan bilimlar bilan boyitib yakunlandi.

 

 YRB fakulteti 2-bosqich talabasi  Kumush Mamatmurodova axboroti

Universitet matbuot xizmati