TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2021

Muruvvat mehr-muhabbatdan boshlanadi

“Gidromelioratsiya” fakulteti ustoz va talabalari uchun har yil yakunida bayram arafasida savob ish qilish bemor va muhtojlarga imkon qadar yordam berish an'anaga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu safar ham  o'tkazilgan xayriya aksiyasidan yig'ilgan pullar bemorlar uchun, kam taminlanganlar uchun va nogironligi bor yoshlar uchun berish maqsad qilingan. Fakultet Yoshlar ittifoqi birinchi yurishni Toshkent viloyati Olmaliq shahridan boshladi.

Operatsiyasi uchun 46 million pul kerak bo'lgan Olmaliqlik  bemor  Boymoqova San'at opamiz holidan habar olish maqsadida Olmaliqqa tashrif buyirdi,  bayramlik qilib kirib mehmon bo'lib dildan suhbatlashildi. San'at opa   bo'sh vaqtlarida gullarni parvarish qilish bilan shug'ullanar ekan, GM Yoshlar ittifoqi uchun o'zi yetishtirgan gullaridan  sovg'a qilib berib Yoshlarga omad va ulkan zafarlar  tilab duo qildilar va faol yoshlar San'at opamizga  oz bo'lsa ham dori darmonlari uchun moddiy yordam pulini shuningdek, ustoz shoir Abdulla Oripovning sherlari jamlangan kitobni sovg'a qilib berib Toshkent shahriga qaytdilar. Barcha fakultet faollaridan iltimos qilib qolamiz, imkon topsangiz bemor opamizga yordam bering.

TIQXMMI MTU Matbuot xizmati