TIQXMMI yangiliklari

img
21.12.2022

Murojaatnomani tinglab anglaganlarimiz

Mamlakatning rivojlanishi albatta, ulug‘ g‘oya va maqsadlarni his etgan xalqqa va uning yo‘lboshchiga bog’liq. Joriy yilning yakunlanish arafasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning   Oliy Majlisga Murojaatnomasi e'lon qilindi. Unda kelasi yil uchun rejalashtirish ishlari haqida ma’lumotlar berildi.  Notiqlik mahorati bo‘yicha saboq beruvchi ustoz Rahimboy Jumaniyozov betobligiga qaramasdan bizga onlayn tarzda saboq berdilar. Prezidentimizning Murojaatnomasi xususida nutq tayyorlash bo‘yicha vazifa berib shu haqda muxtasar tushuncha berdilar. Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qildi.  Prezident ”Ona tilini bilishni majbur qilish kerak." «Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilish majburiydir» .  «Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz». Murojaatnomada jamiyatning barcha yo’nalishlari qamrab olindi. Shu maqsad tufayli  kelasi yil  uchun yo’llanma va qo’llanmalar bilan bunyodkorlik loyihalarini taqdim etdi. Ustoz navbatdagi darsda har birimiz o‘z nutqimizni Murojaatnoma asosidagi muloazalarimiz bilan bezashimizni uy vazifasi sifatida topshirdilar.

"GTQ" fakultetining 2-bosqich talabasi S.Sattarov axboroti

Universitet matbuot xizmati