TIQXMMI yangiliklari

img
09.03.2022

Munosib tashabbus

Fasllar kelinchagi bahor ayol so‘zi bilan go‘yo egizakdek tasavvur uyg‘otadi.  Chunki nafislik va mehr unda uyg‘unlashgani rost.  Bahor yasharish va go'zallik fasli ekan, nafaqat yuzlarga balki qalblarga ham iliqlik va mehr olib keladi.  Shunday ekan, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" - Milliy tadqiqotlar universiteti rahbariyati tashabbusi bilan talabalar turar joyi rahbari va mas'ullari hamkorligida 5-mart kuni xayrli ishga qo‘l urildi. Bir paytlari faoliyat yuritgan talabalar turar joylari faxriy sobiq ayol hamkasbalari xonadonlariga tashrif buyurildi. Ular esdalik sovg'alarini qabul qilib olisharkan, beixtiyor hayajon ila zavq-shavqqa to‘lishdi.  Shuningdek, universitetimiz barcha erkak professor - o'qituvchilari va talabalari nomidan bayram tabriknomasi ham o'qib eshittirildi.

 

                         

Universitet matbuot xizmati