TIQXMMI yangiliklari

img
02.06.2022

Muhandislik kompyuter grafikasi fani Muhandis talablar nigohida

Joriy hafta “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi mudiri J.A. Qosimov, kafedra professor-o’qituvchilar va  Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura mutaxassisligi 145 - guruh magistrantlari tashabbusi bilan Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Qishloq xo’jaligida texnik servis yo’nalishi 107 guruh va Gidromelioratsiya fakulteti, Meliorativ gidrogeologiya yo’nalishi 109 guruh va daryo va suv omborlar yo’nalishi 107-108 guruh talabalari o’rtasida “Muhandislik kompyuter grafikasi fanidan “Muhandislik kompyuter grafikasi fani Muhandis talablar nigohida” deb nomlangan talabalar viktorinasi o’tkazildi.

Viktorina 10 ta shart asosida B-408 xonada qizg’in va bahsli holatda olib borildi. Talabalar viktorina orqali fanni tarixi xususiyatlar masalarni yechishda va chizmalar chizish holatida  sodda usullarni yangi tomonlarini grafik dasturlarning qo’shimcha imkonyatlarini bilib olishdi. Umuman olganda tadbir barcha talabalar uchun kerakli ma’lumotlar va fanning xususiyatlarini yana bir karra ko’rsatdi desam mubolag’a bo’lmaydi.

Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilar sovg’alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

          Universitet matbuot xizmati