TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

“Muammoli mavzular” bo‘yicha seminar-trening

Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan “O‘zdaverloyiha” DILI hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda 2023/2024 o‘quv yilining bahorgi davrasi mobaynida “Muammoli mavzular” bo‘yicha seminar-trening (master-klass) tashkil etish grafigiga ko‘ra  2024 yilning 29-mart kuni “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Yer tuzish loyihalash ishlarini tashkil etishning metodologik asoslari” mavzusida juda qiziqarli ma’ruza  o‘tkazildi.

Ma’ruza hamkor ishlab chiqarish tashkiloti O‘zdaverloyiha DILI ning yetakchi mutaxassislari, professor - o‘qituvchilar va 3-bosqichning 305-306-guruhlari talabalari ishtirok etishdi. Ma’ruzada “O‘zdaverloyiha” DILI tomonidan  2023 yilda qishloq xo‘jaligiga tovar ishlab chiqaruvchilarning normativ qiymatini hisoblash, “Ye-IJARA” AATda amalga oshirilgan, yaylovlarda geobotanik yer tuzish loyihalari, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash va institutda mavjud bo‘lgan dronlar yordamida amalga oshirilgan ishlarga oid ma’lumotlar berildi.

Hamkor ishlab chiqarish tashkiloti “O‘zdaverloyiha” DILIning Yer tuzish bo‘limi boshlig‘i, q.f.f.d.(PhD) K.M.Xojiev va bosh mutaxassis R.Sharopov  tomonidan ushbu ishlar amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqa ishlanmalar to‘g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘tkazilgan davra suhbati ishchirokchilarda juda katta qiziqish uyg‘otdi va talabalar tomonidan ko‘plab savollar berilishiga  sabab bo‘ldi.

“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati