TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2023

Muammolar yechim va muvaffaqiyatlarga aylansin

Jamoaning harakati va mehnati samarasini sarhisob qilish yangi yildagi strategiyani to‘g‘ri belgilashning muhim omilidir. "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan tadbir ana shu jihati bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Universitet rektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovichning ta'lim muassasamiz asosida "2022-yilda erishilgan natijalar va joriy yildagi ustuvor vazifalar: muammo, kamchilik va tahlillar" mavzuida hisobot-ma'ruzasi tinglandi. 490 nafar professor o‘qituvchilardan dars jarayonida bo‘latotganlarni hisobga olmaganda deyarlik barcha ishtirok etdi.

Oliy o‘quv yurti bitiruvchisi eng ko‘p ishga qabul qilingan OTM larning TOP-20 taligida universitetimiz birinchi o‘rinda ekani quvonarli, lekin yutuqlardan esankiramasligimiz kerakligi ta'kidlandi. Boshqaruv kengashining 2022 - yil 26-iyuldagi 3-sonli bayonnomasiga muvofiq ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi haqida alohida to‘xtalindi.

Universitet olimlari tomonidan O'zbekistonda birinchi bo‘lib, raqamli texnologialar va sun'iy intellekt bo‘yicha ikkita dastur ishlab chiqildi. Biri Shaxsni yuz tasviri asosida tanib olish tizimi tuzilmasi, ikkinchisi Nutqni tanib olish tizimi tuzilmasi dasturidir. Universitetni HEMIS masofaviy ta'lim platformasiga kiritish holati haqida ham axborot berildi. Dolzarb masalalarda fikr almashish zaruriyati nuqtai nazaridan tashkil etilgan ushbu anjumanda professor o‘qituvchilarning mehnat samaradorligi va ishga munosabati qanday yo‘sinda bo‘lgani borasida axborot berildi.

Shuningdek, jarayonda tizim yaratish, sifatli ta'limni tashkil etish, mazmunli dars o‘tish, maqola yozish kerakligi borasida talab va topshiriqlar qayd etildi. Dars o‘tish sifatini oshirish, yetuk bilim,  talabani qiziqtirish, kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilish orqaligina sifatli ta'limga erishish mumkinligini davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Endilikda talabalarga fanni  tanlashgina emas, balki o‘qituvchini ham tanlash  erkinligi, huquqi beriladi. O‘qituvchilar o‘z ustida ishlamasa ishsiz qolishi uqtirildi. Fanni haqiqiy egasi, ustasi o‘tishi zarur. Aks holda, bir necha fanlarga bitta o‘qituvchining kirish holatlari takrorlanaveradi. Universietda yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy masalalarda, shuningdek, moliyaviy va xo‘jalik ishlarida ham amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalar aniq ko‘rsatib berildi. Muammolar yechimni, harakatlarimiz muvaffaqiyatni talab etishini ishtirokchilar teran his etishdi.

Universitet matbuot xizmati