TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2024

Muammo va yechimlar

2024 yil 27 mart  kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini мexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2-Talabalar turar joyi  istiqomat qilayotgan talaba-qizlar  bilan  “Muammo va yechimlar” mavzusida  tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini E.G‘aniboyeva, fakultet dekan o‘rinbosari Sh.Tadjiboyeva, tyutor O.Abdullayevalar ishtirok etdilar.  Sh.Tadjiboyeva so‘zga chiqib, talabalarni yotoqxona ichki-tartib qoidalariga amal qilishlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. So‘ngra  oshxona, san-uzellar tozaligi ko‘zdan kechirildi. Tadbir so‘nggida talaba-qizlarimiz bilan “Mohir qo‘llar” ko‘rik tanlovini o‘tkazish bo‘yicha  fikr almashildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati