TIQXMMI yangiliklari

img
02.10.2023

Muallim – kamolot ichra ko’zgudir

1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni arafasida "Adiblar хiyoboni"da “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalari tomonidan tashkillashtirilgan tadbir ayni shunday nomlandi. Unda universitet Matbuot kotibi, professor, Rahimboy Jumaniyozov, shoira Farog’at Xudoyqulova hamda spiker, Notiqlik san’ati maktabi asoschisi Ikrom Xudaybergenovlar so’zga chiqib talabalarga o’z maslahatlarini berishdi va yig’ilganlarga o’z ijodlarini taqdim qilish bilan birga, Abdulla Oripov hayoti bilan bog’liq voqea va qiziqarli ma’lumotlarni ham ulashdilar.

Ijodiy kecha aynan O’qituvchi va murabbiylar kuni arafasida o’tkazilganligi ham bejiz emas. Ustozga ehtiromning yuksak namunasini O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov she’rlarida ham ko’rishimiz mumkin.

Nega she’r yozmayin yurakdan yonib,

Nega ta’zim etmay sizga bu mahal.

Nega xizmatingiz qilmay quvonib,

Ey aziz muallim, ustodi avval.

Tadbir yakuni esa bahru-baytga aylanib ketdi. Dekan o’rinbosarlari, tyutorlar va talabalar Abdulla Oripov ijodidan she’rlar o’qib, ularni mazmunan tahlil qilishdi. Keyingi ijodiy uchrashuvlar va ijodiy hamkorlik masalalari bo’yicha kelishib olindi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti jamoasi barcha ustozlarimizni 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin dildan tabriklaydi.

 

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Xursandbek Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati