TIQXMMI yangiliklari

img
23.11.2021

Moziyga qaytib ish koʼrmoq  xayrlidir

Buyuk adib Аbdulla Qodiriyning mashhur iborasida ayni haqiqat bor. "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 307-guruh talabalari joriy yilning 19-noyabr kuni guruh murabbiysi dotsent O.Roʼziqulova bilan birgalikda darsdan keyin shahar tarixi bilan yaqindan tanishish uchun shaharning eng qadimiy yodgorligi boʼlgan Mingoʼrikga bordilar. Mingoʼriktepa  - qadimgi shahar xarobasi (1 -13-asrlar). Mahalliy aholi oʼrtasida Аfrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur boʼlgan qadimgi tepalik. Minora-qasr va Shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. Toshkent temir yoʼl vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan. Shahar xarobasi oʼrnida 19-asrda katta oʼrikzor boʼlganligi uchun shunday atalgan. Hozir shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingoʼrikning bir qismigina saqlangan.

Talabalar Miroʼrik yodgorligini ziyorat qilishganlaridan soʼng Oʼzbekistonda yashagan ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan sanʼat darajasiga koʼtarilgan asarlar (haykallar, uy-roʼzgʼor buyumlari, kiyim-kechaklar, jihozlar va boshqalar) bilan tanishish maqsadida Oʼzbekiston Sanʼat muzeyiga hamda Geologiya muzeylariga ham bordilar. U yerda xalqimiz oʼtmishidan soʼzlovchi boy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi dotsenti O.Roʼziqulova axboroti

                      

TIQXMMI matbuot xizmati