TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2022

Motivatsion ruh

Bugun universitetimiz V-bino 8- ma’ruzalar zalida talabalar nutqini o’stirish yuzasidan navbatdagi oflayn dars bo'lib o'tdi. Ayrim tyutorlarning aybi bilan darsda kelgan talabalar bu gal kamchilikni tashkil etgan bo'lsa-da dars dinamikasi tushmagan holda qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi.

Ustoz R. Jumaniyozov dastavval, mashg’ulotga mehmon bo’lib kelgan "Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti" yetakchisi Davronbek Rasulovni mikrofon qarshisiga taklif etdi. U talabalarga motivatsa baxsh etish asnosida nutq irod qildi.  

Talabalarga qaratilgan so'zlar ular uchun kelajakdagi imkoniyatlariga juda katta turtki bo'ldi. Keyingi navbat "Biz, O'zbeklar" degan mavzuda GTQ fakultet talabasi Behzod Fayzullayev o'z nutqiy  tayyorgarligi yuzasidan  hikoya aytib berdi.

Hozirgi paytda insonlar o'z maqsadlari sari harakati pasayib borayotgan bir paytda shaxsiy rivojlanish bo'yicha trener GTQ fakulteti talabasi Sardor Sattarov talabalarga "Motivatsiya o'zi nima" degan savolga batafsil ma'lumot va tushunchalar berdi. Bundan ruhlangan talabalar kelajak sari bir qadam shiori ostida harakat qilish kerak ekanligini tushunib oldi.

GTQ fakulteti 3-bosqich talabasi Sardor Sattarov axboroti

Universitet matbuot xizmati